Jonli suhbat
O'quvchi mavzu bo'yicha AI bilan gaplashadi. AI darajaga moslashadi, savol beradi, xatoni yumshoq tuzatadi.
erta kirish ochiq · 100 daqiqa sinov krediti
Flamona Live — Flamona o'quvchilari har kuni gaplashadigan jonli speaking dvigateli. Endi uni o'z ilovangiz, saytingiz yoki LMS'ingizga ulang: o'quvchi gapiradi, AI tinglaydi, javob beradi va xatoni o'sha zahoti tuzatadi.
Mavzuni yozing va Enter bosing: pastdagi sinov maydoni shu mavzu bilan ishga tushadi.
1 mln so'mdan to'ldirgan hisoblar o'z ustozining ovozini bir necha daqiqada yaratadi.
Nega kerak
15 kishilik guruh, haftasiga uchta 60 daqiqalik dars. Butun darsda faqat o'quvchilar gapirsa ham, har biriga haftasiga 12 daqiqa tegadi. Amalda bundan ham kam.
12daqiqa / hafta
60daqiqa / hafta
Narxi: haftasiga 18 600 so'm bir o'quvchiga. 60 daqiqa × 31 kredit, Fast miya va Standard ovoz.
Imkoniyatlar
O'quvchiga suhbatdosh, ustozga hisobot, sizga esa bitta integratsiya.
O'quvchi mavzu bo'yicha AI bilan gaplashadi. AI darajaga moslashadi, savol beradi, xatoni yumshoq tuzatadi.
Uch qismli imtihon: band ball, transkript va har javobga aniq tuzatish.
AI sizning ustozingiz ovozida gapiradi. Ovoz faqat sizniki, egasining yozma roziligi bilan.
Qiyin joyda AI o'zbekcha tushuntiradi, so'ng yana inglizchaga qaytadi.
Har sessiya va har kredit konsolda. Kalit bo'yicha kunlik limit, Telegram ogohlantirishlari.
Bir qator kod bilan saytga tayyor speaking oynasi.
Modellar
Flamona Live gapiradi: miyasi va ovozini o'zingiz tanlaysiz. Flamona Fast, Wise va Genius — matn uchun.
flamona-live
Real vaqtda ovozli suhbat. Miya — qanday fikrlashi, ovoz — qanday eshitilishi.
Miya
Ovoz
Live Fast
Fast 31 + Standard 0 =
31kredit / daqiqa
≈ 310 so'm · 2027: 43
{
"model": "flamona-live",
"brain": "fast",
"voice": "standard"
}IELTS Examiner: bitta imtihon 480 · Signature 2 550
Chat AI · matn uchun
flamona-fastTez javoblar va kundalik savollar.
narx erta kirishdaflamona-wiseChuqurroq tushuntirish va yozma ishni tekshirish.
narx erta kirishdaflamona-geniusEng kuchli model: murakkab savollar, IELTS Writing tahlili.
narx erta kirishdaHisobot
Ustoz kim qancha gapirganini va qaysi xato takrorlanganini ko'radi. Serveringizga xuddi shu ma'lumot JSON bo'lib keladi.
Xatolar
I go to my grandmother house.
I went to my grandmother's house.
Past Simple×2There are many history places.
There are many historical places.
So'z shakliShe don't like it.
She doesn't like it.
3-shaxsKeyingi dars uchun: Past Simple — 2 marta xato qilindi.
Ovoz klon
Ustoz 1–5 daqiqa gapirgan toza yozuvni yuklang yoki shu yerning o'zida mikrofonga yozib oling: Flamona Live darslarda o'sha ovozda gapiradi. Klon 1 mln so'mdan to'ldirgan hisoblarda ochiladi.
Studiyada yoziladigan Signature ovoz kerakmi? Sozlash bir marta 5 mln so'm.
Namuna: fayllar va yozuvlar hech qayerga yuborilmaydi.
Kimlar uchun
Ilovangiz, saytingiz yoki botingiz bo'lsa, speaking'ni noldan qurishingiz shart emas.
Har dars oxirida 5 daqiqalik suhbat: mavzu darsdan olinadi, natija va transkript LMS'ga qaytadi.
Live FastO'quvchi uyda ham gapiradi. Ustoz ertasi kuni kim qancha gapirganini va qaysi xatolar takrorlanganini ko'radi.
Live WisePart 1–3 bo'yicha mock: band ball, har javobga tuzatish va urinishlar tarixi.
IELTS ExaminerMini app ichida mikrofon ochiladi: o'quvchi hech narsa o'rnatmasdan gaplashadi.
Live Fast · HDQanday ishlaydi
Konsolda kalit oching. U faqat serveringizda turadi, brauzerga chiqmaydi.
Serveringiz o'quvchi uchun sessiya so'raydi va 60 soniyalik token oladi.
Ilova token bilan ulanadi — mikrofon ochiladi, suhbat boshlanadi.
Server · cURL
curl https://api.flamona.app/v1/sessions \
-H "Authorization: Bearer $FLAMONA_KEY" \
-d model=flamona-live \
-d brain=fast \
-d voice=standard \
-d user=stu_1042 \
-d topic="My weekend"Javob · 201
Hodisalar · serveringizga
Narxlar solishtiruvi
Bizning ikki asosiy tarifimiz — Fast va Wise — yettita mashhur jonli ovozli AI yonida. Hammasi bir xil hisob: 30 soniya o'quvchi gapiradi, 30 soniya javob.
| Mahsulot | Model yoki tarif | 1 daqiqa, so'm | 1 daqiqa, $ | Hisob |
|---|---|---|---|---|
| Flamona LiveEng arzon tarifimiz | Fast + Standard ovoz | 310 | $0.026 | soniyalab, qat'iy narx |
| Flamona LiveChuqur fikrlaydigan tarif | Wise + Standard ovoz | 530 | $0.045 | soniyalab, qat'iy narx |
| Gemini Live API | Flash Live; uzun suhbatda oshadi | 135–942 | $0.011–$0.080 | tokenlab, dollarda |
| OpenAI Realtime | mini model | 177–471 | $0.015–$0.040 | tokenlab, dollarda |
| OpenAI Realtime | asosiy model | 565–1 413 | $0.048–$0.120 | tokenlab, dollarda |
| Hume EVI | tarifga qarab | 471–824 | $0.040–$0.070 | daqiqalab, dollarda |
| Deepgram Voice Agent | Standard–Advanced | 589–1 920 | $0.050–$0.163 | daqiqalab, dollarda |
| ElevenLabs Agents | platforma + model (alohida) | 789–1 472 | $0.067–$0.125 | daqiqalab, dollarda |
| Retell AI | ovoz + model + aloqa | 824–3 651 | $0.070–$0.310 | daqiqalab, dollarda |
Narxlar
Bitta balans: to'ldirasiz, API har soniya uchun kredit yechadi. 1 kredit = 10 so'm. Katta tarifda bonus ko'proq.
Obuna yo'q: tarif — bu bir martalik to'ldirish. Balans 12 oy amal qiladi. Daqiqalar Fast miya va Standard ovoz bo'yicha.
| Miya ↓ Ovoz → | Standardnarxga kiradiAniq va tabiiy | HD+6 kreditJonliroq intonatsiya | Signature+130 kreditKlon yoki studiya ovozi, rozilik bilan |
|---|---|---|---|
| Fast31 kreditTez javob, kundalik suhbat | |||
| Wise53 kreditChuqur fikr, IELTS 6.5+ |
IELTS Examiner: bitta imtihon 480 kredit, Signature ovoz bilan 2 550. Ovoz klon shu narxda, yaratish bepul (1 mln so'mdan). Studiya Signature ovozini sozlash bir marta 5 mln so'm.
Eng ko'p holat bo'yicha: har o'quvchi har kuni belgilangan daqiqani to'liq ishlatadi.
40 300 000so'm · oyiga
4 030 000 kredit · 80 600 so'm bir o'quvchiga oyiga
To'ldirish bonuslari
0%1 mln dan+5%10 mln dan+10%50 mln dan+12,5%200 mln dan2026-yil narxlari. 2027-yildan ayrim turlar narxi o'zgaradi — 30 kun oldin xabar beramiz.
Konsol
Konsolda ko'rinadi: qancha qoldi, qancha kunga yetadi, qaysi Live turi qancha ishlatildi va qaysi kalit qachon so'rov yubordi.
Ishonch
Brauzer 60 soniyalik bir martalik token bilan ulanadi.
Kalit sizib chiqsa ham balans himoyalangan.
O'quvchilar va natijalar markazniki. White-label ishlaydi.
Signature ovoz faqat yozma rozilik bilan va faqat sizga.
Soniyalab yechim, konsolda har harakat, CSV eksport.
Narx o'zgarsa, 30 kun oldin aytamiz.
Savollar
API yopiq sinovda. Erta kirish hamkorlariga kalit, hujjat va sinov krediti beriladi. Ariza Telegram orqali.
1 kredit = 10 so'm. Har Live turining daqiqa narxi bor, kredit soniyalab yechiladi. Balans 12 oy amal qiladi, bonus darhol qo'shiladi.
Kundalik mashq uchun Fast miya va Standard ovoz yetadi. Murakkab mavzu va IELTS 6.5+ uchun Wise. Talaffuz muhim bo'lsa — HD, ustozingiz ovozi kerak bo'lsa — Signature.
Flamona Fast, Wise va Genius — matn uchun: savol-javob, qoidani tushuntirish, yozma ishni tekshirish. Speaking uchun Flamona Live ishlatiladi.
1 mln so'm va undan ko'p to'ldirgan hisoblar. Konsolda 1–5 daqiqalik toza yozuvni yuklaysiz yoki mikrofonga yozib olasiz va ovoz egasining yozma roziligini tasdiqlaysiz. Yaratish bepul, daqiqasi Signature narxida: +130 kredit.
Ko'pi bilan 10 daqiqa. Bu narxni oldindan bilishga yordam beradi. Kerak bo'lsa, o'quvchi yangi sessiya ochadi.
Sizniki. Flamona uni faqat xizmatni ko'rsatish uchun ishlatadi. Shartlar shartnomada yoziladi.
Ilovangiz bo'lmasa, Flamona'ning tayyor markaz paneli qulayroq: o'quvchi, ustoz va ofis bitta ilovada. Markazlar uchun panel →
Ariza qoldiring: konsolga kirish, 100 daqiqalik sinov krediti va hujjatni beramiz.